Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlandi.
Turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Amir Temurning munosib vorislaridan bo‘ldi. uning avlodlari esa ko‘p yillar davomida dunyo siyosatiga katta ta’sir ko‘rsata oldilar. Shu tariqa Bobur ulkan sulola asoschisi sifatida tarixda qoldi.
Boburning nozik ta’bi, musiqaga bo‘lgan qiziqishini barcha juda yaxshi bilardi.
Fevral oyida O’zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari Mir Alisher Navoi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari keng nishonlanadi. Kuni kecha 9 – Fevral kuni ulu’g shoir Mir Alisher Navoining 582 yilligi keng nishonlangan bo’lsa, 14-Fevral kuni shox va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi keng nishonlandi. O’zbekistonning turli go’shalarida shoir hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbirlar, she’riy kechalar o’tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Buxoro viloyat drama teatrida o’tkazildi.
Tadbirda, Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari, boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligi e’tirof etildi. Shuningdek, viloyat teatri san’atkorlari tomonidan Bobur hayotiga bag’ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi faollari ham tadbirga munosib hissa qushishdi. Yosh ijodkorlar Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qidi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.