Nazariy darslarda yangi…..

Nazariy darslarda yangi pedagogik metodlar…

Har bir o‘quvchi alohida iqtidor egasi. Yo rassom, yoki shoir, eng kamiga qo‘shiqchi. Hatto savodi haminqadar o‘quvchining ham qo‘lidan buyuk kashfiyotlar kelishi aniq. Zotan, yoshligida aqalli bitta she’r yoki qo‘shiq xirgoyi qilmagan, oppoq varoqda elementar bo‘lsa ham atigi bitta daraxtni chiza olmagan topilmaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, e’tibordan chetda deb qaralgan o‘quvchi kun kelib, buyuk ixtirochi bo‘lgani haqida ham ko‘p eshitamiz. Shunday ekan ulardagi bu iqtidorlarni payqab yuzaga chiqaradigan, shogirdini qo‘llab-quvvatlaydiganlar sanoqli. Ayrim o‘qituvchilar tomonidan shu kungacha yod bo‘lib ketgan an’anaviy dars o‘tish usullari borki, sinfda faqat a’lochilar ro‘yxatini tuzib, qolganlari nazoratdan chetda qolib kelgani sir emas. Oqibatda sinfdagi o‘quvchilarning aksariyati o‘z yo‘lini topishga ulgurmagan, kerak bo‘lsa hayotini izga solishga hamon ikkilanayotgan sobiq o‘quvchilar ham yo‘q emas.

Bugungi kunda yangicha metodlardan foydalangan holda darslarni sermazmun shu bilan birga sifatli o‘tishga tizim tomojidan keng e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o‘qituvchilarni o‘z ustida ishlashga va izlanishlariga sababchi bo‘ladi albatta.

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida oliy toifali o‘qituvchi Nigora Nurullayeva hamda «Musiqa nazariyasi» bolimi o‘quvchilari bilan birga o‘tkazilgan ochiq darsda ayni mana shunday medot va texnalogiyalardan foydalanildi.

«Glinka, Dargomijskiy, Baradin ijodi» mavzusida o‘tkazilgan darsda o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan didaktik savollarga javob berishdi. Dars yakunida talabalar baholanib, kuzatuvchilar tomonidan ijobiy fikr mulohazalarbildirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *