Aktyorlik sanʼati — aktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish sanʼati. Aktyor maʼlum rolda oʻynar ekan, oʻz qahramoni qiyofasiga kirib, uning feʼl-atvorini, ichki dunyosi va institutilishlarini ifodalaydi. Bunda u pesa, libretto yoki ssenariydagi mazmunni oʻz ijodi, hayotiy tajribasi bilan boyi-tadi, jonlantiradi. Obraz yaratishda aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va koʻz imo-ishoralari, tuygʻulari, idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos, baʼ-zan niqobdan foydalanadi, gavdalantiradigan kishisi yoki boshqa mavjudotga yarasha xatti-harakat, ohang, imo-ishora topadi, ichki va tashqi tomonni bir-biriga uygʻunlashtiradi. Aktyorlik sanʼati ijrochilarning dunyoqarashi, shaxsiyati, ijodiy oʻziga xosligiga tayangan holda hayotiy voqelikni aks ettiradi. Sanʼat turlari (drama, opera, balet, kino, telefilm, telespektakl, radioteatr) va turli-tu-man janrlarga qarab Aktyorlik sanʼati bir qator uslu-blar va yoʻnalishlarga boʻlinadi. Sahnada ijod qiluvchi aktyorni yuzlab tomoshabin bevosita kuzatib turadi. Shuning uchun u har bir soʻzni baland tovush bilan aytishga, har bir harakatni boʻrttirib koʻrsatishga majbur. Kinoda boshqacha: ovozeiz kinoda faqat qarakat, imo-ishora bilan inson feʼl-atvori ochib berilgan, kino ovozli boʻlgach, aktyor kino kamerasi roʻpa-rasida kuproq qahramonning ruhiy holatini ochishga oʻtdi. Televideniye ham aktyordan tabiiylikni talab qiladi. Radioteatrda esa aktyorlarning uzlari koʻrinmaydi, ovozlari eshitiladi, xolos. Shu boisdan ovoz imkoniyatlari keng ishlatiladi