Raqs

Raqs san’at turi boʻlib, musiqaga ritmik tana harakatlarida namoyon boʻladi. Raqs turli madaniyatlarda mavjud va hissiyotlar, ijtimoiy aloqalarni bildirish shakli sifatida yoki koʻngilxushlik uchun ijro etiladi.

Raqs faqat odamlar tomonidangina emas, balki boshqa hayvonlar (masalan, asalarilar, qushlar) tomonidan ham bajariladi. Jonsiz jismlar ham raqsga tushishi mumkin — metaforik: «barglar shamolda raqs tushishmoqda» yoki haqiqatan: robotlar raqsi. Gimnastika, sinxron suzish va baʼzi jang sanʼatlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.

Raqs aynan nima ekanligi ijyimoiy, madaniy, estetik, artistik va maʼnaviy cheklovlarga bogʻliq va funksional harakatdan (xalq raqslari) tortib virtuoz texnikagacha (balet) boʻladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *