Musiqa san’ati

Musiqada asosiy badiiy vosita – kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi.

Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi.

Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *