O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida bir qator muhim topshiriqlar belgilab berildi.
Joriy yilning 12-yanvar kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi direktori Bobirshox Nurullayev maktab direktor o‘rinbosarlari hamda sinf rahbarlari bilan birga Ma’naviyat va ma’rifat soatini o‘tkazdi.
Unda asosan, sinf rahbarlarining ish faoliyatlari, o‘quvchilarni maktabda tashkil etilgan fan va Besh tashabbus to’garaklarga jalb qilinganlik holatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, ko‘rik-tanlov, konsertlarda yoshlarni iste’dodlarini yuzaga chiqarish uchun, ularni qo‘llab-quvvatlash shuningdek, o‘quvchilarni har xil yod g‘oyalardan asrab — avaylab vatanparvarlik ruhida ta’lim- tarbiya berib kamol toptirish kabi fikrlar aytildi
So‘ng soha mas’ullariga tegishli topshiriqlar va tavsiyalar berildi.Yig‘ilish so‘ngida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.