Yurtboshimiz rahbarligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va madaniyat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Majidov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatidagi madaniyat Boshqarmasi tasarrufidagi tizim tashkilotlarini faoliyatini o‘rganish uchun viloyatga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari M.Majidov hamda Buxoro Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i SH. Tilavov Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabidagi barcha shart-sharoitlar, dars jarayonlari bilan tanishib chiqishdi.
O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, soha rivoji boyicha fikrlar almashildi, takliflar bildirildi.
Kelgusida madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish maqsadida turli uchrashuv va mahorat darslari o’tkazish rejalashtirildi.