Davomadga befarq bo‘lmaymiz!

O‘quvchilarning davomati va ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanish maqsadida Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda viloyat Milliy gvardiya hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.Joriy yilning 19- fevralida maktab o‘qituvchi-pedagoglar hamda ota- onalar bilan birga, viloyat Milliy gvardiyasi xodimlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Milliy gvardiyasi mas’ul xodimi, podpolkovnik N. Bozorov so‘zga chiqib, hozirda tashkilot tomonidan olib borilayotgan Davomad tadbiri haqida tushuncha berdi. So‘ng hayotiy voqealar asosida darsga kelmagan o‘quvchilar bilan qilingan ishlar, o‘quvchining ota-onasiga nisbatan olib borilayotgan choralar haqida ham o‘z fikrlarini bayon etdi.Shuni ta’kidlash joizki,
endilikda  maktabda o‘quvchilarning darslardagi ishtiroki va ta’lim-tarbiyasi ota-onalar va mahalla faollari hamkorligida tashkil etiladi.

Shu sabab,
Maktabda tahsil oluvchi o‘quvchi-yoshlarning ota-onalariga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilarning oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi oshiriladi. Shu sabab har bir ota — ona farzandining taqdiriga befarq bo‘lmasadan maktabga bolasini tahsil olishi uchun, bilim, ilm, ta’lim olishida shart-sharoitlarni yaratib berishlari kerakligi ta’kidlandi. Yig’lishdan so‘ng Milliy gvardiya mas’ul xodimi o‘quvchilar bilan sinf xonalarida uchrashib, ular bilan dildan suhbatlashdi.

Shuni ta’kidlash joizki, statistik ma’lumotlarga ko’ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha,   so’ngi uch kun davomida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor choralar natijasida 1000 dan ortiq maktablarda o‘quvchilar davomati o‘rganildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *