Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi BMSMlarda ”O‘zbekiston xalq artisti va xizmat ko‘rsatgan artistlar,madaniyat va san’at fidokorlari, viloyat ta’lim muassasalarini peshqadam ijodkor o‘qituvchilari”ni jamoatchilik asosida uslubiy ko‘maklashish va muntazam ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda maktablarda “Mahorat darslari, davra suhbatlari,turli uchrashuvlar tashkil qilish rejasi asosida 2024 yil 22 aprel kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Musiqa nazariyasi bo’limi bosh o’qituvchisi Dilora Mirshayeva Buxoro shahar 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabida mahorat darsi o’tkazdi.
Tashrif davomida maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, 2023-2024 o’quv yilida olib borilayotgan ishlar samaradorligi, ta`lim sifatini tahlil qilindi.
Yo‘nalishlar kesimida o‘quv dars mashg‘ulotlariga ishtirok etib, “Mahorat dars”ini tashkil etib, mutaxassis o’qituvchilarga amaliy-uslubiy yordam va tavsiyalar berildi.
Tashrif oxirida o’quvchi-yoshlarga o’qishini Ixtisoslashtirilgan san’at maktabida davom ettirish to’g’risida, batafsil malumot va tushunchalar berildi.