O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi yig’ilish

Joriy yilning 24-avgust kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Buxoro viloyat bo’limi a’zolari ishtirokida Turon fanlar akademiyasi akademigi, O’zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi,  YUNESKO xalqaro akademiyasi professori Qutbiddin To’qsonov bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Q.To’qsonov tomonidan Turon fanlar akademiyasi haqida ma’lumot berildi va uchrashuv qatnashchilari savollariga javob berildi.

Q.To’qsonov Buxoro Musiqa maktablariga o’zining «O’lkam taronasi» nomli kitobini, bastakor A.Haydarov Q.To’qsonovga o’zining «Vatanimni kuylayman», «Bayram» (fortepiano uchun p’esalar) kitoblarini sovg’a etdilar. Tadbir yakunida maktab direktori va uyushma bo’limi raisi Bobirshoh Nurullayev Q’To’qsanovga mazmunli va qiziqarli ijodiy uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *