«Bilimlar kuni»

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining old binosida, yangi 2024-2025 o’quv yili uchun «Bilimlar kuni» hamda O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 33 yillik bayrami munosabati bilan «BIR BO‘LSAK YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ» shiori ostida ma’naviy- ma’rifiy tadbiri  hamda Mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni maktab direktori Bobirshox Nurullayev  barcha bilimga chanqoq o’quvchi yoshlarni bugungi kun bilan Mustaqillk bayramining 33 yilligi  bilan samimiy muborakbod etib, maktab jamoasini, ustoz-pedogoglarni, keyingi ijodiy, pedagogik faoliyatlariga omad tiladi.

Shuningdek, maktabda tahsil oluvchi 10-11 sinf o’quvchilarimizni, bilim olishlarida, ilm izlanish yo’lida  katta marralarni zabt etishlari kerakligini keyingi o’qish va ijodlarida ijodiy barkamollikni, elimiz, suygan eng zo’r mutaxassis, etuk kadrlar bo’lib chiqishlarida ishonch bildirdi.

So’ng, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi  ustoz Raxmatillo Inoyayotov  so’zga chiqib bugungi tinch osuda diyorimizning tinchligi va farovonligiga shukronalar keltirib, yoshlar uchun, davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan keng imkoniyatlarning kun sayin rivojlanib borilayotganligi,

muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyeyev tomonlaridan yosh avlodga, iste’dodli, bilimli  O’zbekiston yoshlari uchun yaratilib berilayotgan  shart-sharoitlarning kun sayin kengayotganligi hamda bugungi ulug’ kunlarning, tinchligimizning qadriga yetish kerakligi haqida o’z fikrlarini maktabga tashrif buyurgan mehmonlarga, ota-onalarga, tinglab turgan aziz yoshlarga bildirib o‘tishdi.Tadbir bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Tadbirdan so’ng barcha o’quvchilar o’z sinf rahbarlari bilan tashkil etilgan, Mustaqillik darsiga faol ishtirok etdilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *