Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida o‘quvch-yoshlar o‘rtasida «Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish» bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bunda maktab rahbariyati, Buxoro shahar IIB To‘qimachi tumani profilaktika katta noziri, leytenant A. Adizov ham ishtirok etishdi. Yig‘ilishning asosiy maqsadi,
o‘quvchi — yoshlar orasida «Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish», ta’lim muassasasida ichki tartib — intizom, odob- axloq qoidalariga rioya qilish, davomad hamda «Xotin-qizlar o‘rtasida yomon holatlarni oldini olish» bo‘yicha fikr bildirildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida firibgarlik, tan jarohati bilan bog‘liq jinoyatlar, yo‘l transport hodisalari, o‘g‘rilik, ayniqsa plastik kartadan pul yechib olish o‘g‘riliklarini oldini olish hamda bu turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabablari hamda ularning oqibatlari soha vakili tomonidan tushuntirildi.
yig‘ilish jarayonida ishtirok etgan maktab mas’ullari va IIB xodimi har bir yoshning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, ularni jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etishdan saqlash, jinoyat qurboniga aylanib qolishini oldini olish borasidagi bu kabi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yana-da kuchaytirish kerakligini ta’kidlashdi.