Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida yangi o‘quv yilida ish reja asosida, psixologlar o‘z ish faoliyatlarini boshladilar!!!
✅ Jumladan har bir 10 sinf o‘quvchilaridan ularning maktabga moslashganligi, ruhiy holatini aniqlash maqsadida (Z.Korolyova) maxsus testi o‘tkazilib, muammoli o‘qivchilar aniqlandi ular bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.
✅ Shuningdek,11 sinf o‘quvchilari bilan ruhiy zo‘riqish, charchoqni yengish maqsadida «O‘ziga ishonch hissini rivojlantirish» , «Nafas» metodikalari o‘tkazildi.
✅Maktab yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar bilan ularning yashash sharoitlari, xonadoshlari bilan munosabati, tartib-intizomi, ruhiyati suhbat jarayonida, kuzatuvlarda o‘rganildi. Tarbiyachi ustozlardan alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilar aniqlab olindi.
✅Maktab sinf rahbarlar bilan hamkorlikda, alohida sinf o‘quvchilarining oilaviy sharoitlarini, ijtimoiy holatlarini o‘rganish maqsadida maxsus anketa tarqatilib kerakli ma’lumotlar psixologlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Jarayon davom etmoqda…