🔹️Til-davlat timsoli,mulki,ruhi,millatning madaniy va ma’naviy boyligi,xalqning madaniyati,urf-odati,uning turmush tarzi,tarixidir.
🔹️ 1989 yil 21-oktyabr kuni Òzbek tili- Davlat tili deb e’lon qilindi.Òzbekiston Respublikasining «Davlat tili tòģrisida»gi qonunining 1-moddasida,Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida bu haqida aytib òtilgan.Òzbek tili -Davlat tili maqomi va himoyasiga ega bòldi.
🔹O‘zbek tiliga — Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan yurtimizning barcha maskanlarida tadbirlar uyushtirilmoqda.
🔹Xuddi shu maqsadda bo‘lib o‘tgan navbatdagi kecha Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida nishonlandi.
🔹Bayramni maktab direktori
B. Nurullayev ochib berdi.
Sahna korinishlari, she’riy chiqishlar,kuy-qoshiqlar, raqslar bilan boyitilgan tadbir barchaga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
🔹Bu kabi tadbirlar mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.