Joriy yilning 25 oktyabr kuni kichik faollar zalida maktab rahbariyati hamda sinf rahbarlar, ma’naviyat bo‘limi xodimlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosan, maktabda ta’lim sifat ko‘rsatgichi darajasini yanada ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan vazifa va topshiriqlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar faoliyati va samaraldorligi, yoshlarni
Vatanparvarlik hamda Insoniylik ruhida tarbiyalashga oid vazifalar belgilab olindi. Davlatimizda bugungi kunda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar va yangiliklar jarayoni shuningdek, jamoada sog‘lom muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish kabi mavzular haqida ham so‘z yuritilib, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar topshirildi.