Buxoro Biennalesi doirasida — Hindistonlik rejissyor Shakuntala Kulkarni loyihasi

2025-yil 7-oktabr kuni qadimiy Karvonsaroy majmuasida Buxoro Biennalesi doirasida yana bir o‘ziga xos san’at loyihasi xorijlik mehmonlar e’tiboriga taqdim etildi. Mazkur loyihaning muallifi — Hindistonlik mashhur kino rejissyor Shakuntala Kulkarni.

🎭 Asar tomoshabinlarni ichki kechinmalar, qo‘rquv va quvonch, shuningdek, yurakdagi yashirin tuyg‘ular olamiga taklif etadi. San’atkor bu jarayon orqali inson qalbidagi ishonch va mehr, xavf va xavfsizlik, qo‘rquv va erkinlik kabi qarama-qarshi holatlarni badiiy tilda ochib beradi.

🎶 Loyiha ijrosida Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’qituvchilari Gulov Fazliddin, Bagirova Zilola va shu maktab o’quvchisi Akramova Rayxon qatnashdilar. Ularning jonli ijrosi zamonaviy proyeksiya va vizual effektlar bilan uyg‘unlashib, Karvonsaroyning me’moriy muhitida butkul yangicha ohang bag‘ishladi.
