Seul shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari”

2025-yil 6-oktyabr kuni Koreya Respublikasi poytaxti Seul shahrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida o‘zbek san’ati va madaniyatining betakror jozibasini namoyon etuvchi katta konsert dasturi o‘tkazildi.

🎶 Tadbirda Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabining o’qituvchisi Bagirova Zilola va shu maktabning o’quvchisi Akramova Rayxon o’zlarining chiqishlari bilan qatnashishdi, unda o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlari, raqs san’ati namunalari va xalqimizning boy madaniy merosi keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

🌍 Konsertni Koreya fuqarolari, O‘zbekistoning Koreyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov, diplomatik korpus vakillari hamda vatandoshlarimiz katta qiziqish va olqishlar bilan tomosha qildilar.

Ushbu madaniy tadbir O‘zbekiston va Koreya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, milliy san’atimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *