
Joriy yilning 13-14 oktyabr kunlarida Buxoro ixtisoslashtirilgan boshlangʻich raqs sanʼati maktab internatida Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi «Xalq raqs ijrochiligi» boʻlimi oʻqituvchilari Raxmonova Salomat,Raxmonova Feruza va Baxronova Gulnoralar ishtiroklarida maktab oʻquvchilari va BISM oʻquvchisi Halimova Shabnamga hamda Portugaliya kino va teatr universiteti xoreograf oʻqituvchisi Dianna Regu va Tehron raqs maktabi oʻqituvchisi Shirin Shamsi Di Balarga Buxoro raqs sanʼatining oʻziga xos xususiyatlari, hatti-harakatlari,uslublari haqida mahorat darslari oʻtkazildi.

Oʻz navbatida mazkur maktab oʻquvchi va oʻqituvchilariga chet ellik mehmonlar tomonidan mahorat darslari oʻtildi.
