Pedagogik o‘quvlar yakuni…

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at makatabida 2023-2024 o‘quv yilining qishki ta’til kunlarida o‘qituvchilarning uslubiy mahoratlarini bilish maqsadida mahorat darslari o‘tkazildi.

6 kun davom etgan mahorat darslarida turli yo‘nalish va bo‘lim o‘qituvchilari o‘zlarining bilim, konikmalaridan tashqari ijro mahoratlarini ishtirokchilarga namoyon etishdi.

Bu galgi pedagogik o‘quvlar o‘tgan yillar davomida o‘tkazilgan o‘quvlardan ancha farq qildi. Chunki o‘qituvchilar oldiga inavatsion g‘oyalardan foydalanish, interfaol metodlarni qo‘llash hamda boshqabo‘limlar bilan hamkorlikda ish ko‘rsatish kabi vazifalar belgilandi. Bunday talablar esa albatta zoye ketmadi. Har bir bo‘lim chiqishlarida noodatiylik, mavzuga kengroq yondashuv, yuqori saviyadorlik ko‘zga tashlanib turdi.

Pedagogik o‘quvlarda ishtirok etganlar albatta o‘zlariga yangicha g‘oya, yangicha metodlarni oldilar, va o‘quv yilining uchinchi choragini mana shunday yangicha rejalar bilan boshlab olishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *