2024-yil 24-yanvar kuni Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Kitobga oshufta qalblar” mavzusida adabiy-musiqali kecha bo’lib o’tdi.
Kechada maktab direktori Bobirshox Nurullayev tomondan bugungi kunda yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar o‘rtasida kitobxonlikka bo’lgan e’tiborlari, ularni badiiy kitoblar o‘qishga yo’naltirish,kitobni sevishlari borasida qilinayotgan, olib borilayotgan ishlar to’g’risida atroflicha so’z yuritib, o’quvchi yoshlarga o’zlarining tavsiyalarini berib o’tdilar.
Shuningdek ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shaxnoza Yunusova va kutubxona mudiri Ra’no Abrarovalar tomonidan maktab kutubxonasida “Yosh kitobxon” to’garagi tashkil qilinganligi, har oyda turli tanlovlar, kechalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinib o‘quvchilarning ma’naviy salohiyati va dunyoqarashlarini yana oshirish, ularni kitob mutolaasiga qiziqtirish haqida batafsil ma’umotlar berib o‘tishdi.
Kecha davomida viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan “Tanishing yangi adabiyotlar” mavzusida adabiyotlarning ochiq ko’rgazmasi tashkil qilindi.
Viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Taxmina Luqmanova tomonidan yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish, yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish hamda 2024-yil O’zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash” yili munosabati bilan N. Xill qalamiga mansub bo’lgan “O’yla va boy bo’l” asari hamda “Turkiy adabiyotlar durdonlari”dan eng sara namunalarning taqdimoti bo’lib o’tdi.
Kecha davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan o’zlari o’qigan asarlar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, kitobxonlikni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar mahorat bilan kuylandi.