Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 6.03.2024 yil 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan «Sen baribir muqaddas ayol» nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Maktab direktori Nurullayev Bobirshox G’ybull’yevich maktabda faoliyat olib borayotgan ayol-ustozlar, o‘quvchi-qizlar, ishichi-xodimlarni samimiy tilaklar bilan tabriklab tadbirni ochib berdi. So‘ng, maktab Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan maktabning ayollariga esdalik sovg‘alar ulashildi. Tadbir konsert dasturi bilan davom etdi, maktabning»Estrada xonandaligi», «An’anaviy xonandalik, «Xalq raqsi» bo‘limlari o’qituvchilari hamda o‘quvchi — yoshlari tomonidan kuy, qo’shiq va raqslar ijro etildi.
Bugungi o‘tkazilgan tadbir barchaga manzur bo‘ldi.