Psixologlar o‘z ish faoliyatlarini boshladilar!!

Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabida yangi o‘quv yilida ish reja asosida, psixologlar o‘z ish faoliyatlarini boshladilar!!!

✅  Jumladan har bir 10 sinf o‘quvchilaridan ularning maktabga moslashganligi, ruhiy holatini aniqlash maqsadida (Z.Korolyova)  maxsus testi o‘tkazilib,  muammoli o‘qivchilar aniqlandi ular bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.

✅ Shuningdek,11 sinf o‘quvchilari bilan ruhiy zo‘riqish, charchoqni yengish maqsadida «O‘ziga ishonch hissini rivojlantirish» , «Nafas» metodikalari o‘tkazildi.

✅Maktab yotoqxonasida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar bilan ularning yashash sharoitlari, xonadoshlari bilan munosabati, tartib-intizomi, ruhiyati suhbat jarayonida, kuzatuvlarda o‘rganildi. Tarbiyachi ustozlardan alohida e’tiborga muhtoj o‘quvchilar aniqlab olindi.

✅Maktab sinf rahbarlar bilan hamkorlikda, alohida  sinf o‘quvchilarining oilaviy sharoitlarini, ijtimoiy holatlarini o‘rganish maqsadida maxsus anketa tarqatilib kerakli ma’lumotlar psixologlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Jarayon davom etmoqda…

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *