“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Buxoro shahar hokimining 2024-yil 31-yanvardagi 01/126-sonli “Shahar ma’naviyat va ma’rifat Kengashi” bayonining 5-ilovasida 2024-yilga mo’ljallangan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilot hamda ta’lim muassasalarida har hafta seshanba kuni “Ma’rifat soati” o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi doirasida “Qatag‘on qurbonlari — xalqimiz armonlari” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat Buxoro shahar bo’linmasi hamda «Xo’ja Mushkin» MFY hududida joylashgan Buxoro ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bilan hamkorlikda “Qatag‘on qurbonlari — xalqimiz armonlari” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *